Levandovski jarrohlik stoliga yotadi. Ammo qachon?

  • 19:54 / 04.11.2019
  • 168

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski sonidan jarohat olgan

Bild xabariga ko‘ra, polshalik futbolchi jarrohlik stoliga yotishi kerak. Ammo muhim o‘yinlar (6-noyabrda Chempionlar Ligasi doirasida “Olimpiakos”ga va 9-noyabrda Bundesliga doirasida “Borussiya D”ga qarshi o‘yinlar) tufayli bu amaliyot kechroq o‘tkaziladi.

Bu mavsumda 31 yoshli Levandovski “Bavariya” tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan.