Liviyada Rossiya askari halok bo‘ldi

  • 17:21 / 14.02.2020
  • 178

Bugun, 14-fevral kuni Rossiyaning Orenburg viloyatida jangdan qaytgan harbiy askar dafn etildi. Uning Liviyada halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 
Marhumni kecha tunda Moskvadan Orenburgga olib kelishgan. 
Mahalliy nashrlarning yozishicha, erkak Liviyadagi harbiy harakatlarda qatnashib, halok bo‘lgan. U xususiy harbiy kampaniyasi o‘qchisi bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Nashrlar xabariga ko‘ra, Afrikada u begona ism ostida jang qilgan. Rossiya mudofaa vaziri hozircha bu baxtsiz hodisaga hech qanday izoh bermagan. 
Aytish lozimki, avvalroq Liviyada 55 yoshli jurnalist Yevgeniy Ilyubayev ham halok bo‘lgandi