London haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • 17:43 / 02.01.2020
  • 1005

Londonning aniq bir markazi yo‘q. Har bir tumanida o‘ziga xos diqqatga sazovor  maskanlar bor.

GettyImages-1046968856.jpg

London metrosini unchalik yoqtirishmasa ham deyarli hamma undan foydalanadi. Metro bekatlarda ko‘pgina mashhur shaxslarni uchratish mumkin. 

GettyImages-148909539.jpg

Avtobus haydovchilari naqd pulni mutlaqo olishmaydi. 

GettyImages-1090696884.jpg

Southwark tumanini «sazek» deb o‘qishadi. Uni qanday talaffuz qilishingizga qarab odamlar sizni mahalliy fuqaro yoki mehmonligingizni darrov ajartib olishadi.  

GettyImages-590361795.jpg

London — juda qimmat shahar. Biroq bu madaniy dasturlarga mutlaqo ta’sir qilmaydi. Deyarli hamma muzey va ko‘rgazmalar bepul.  
 
London ko‘chalarida asosan uchburchak shakldagi sendvichlar sotiladi.   

GettyImages-678903553.jpg

Ko‘pgina ovqatlanish maskanlarida Osiyo yoki hind taomlari me’yoriga yetkazib tayyorlanadi. 

GettyImages-181934085.jpg

London havosi iliq, biroq yomg‘ir ko‘p yog‘adi. Haqiqiy sovuq havo kamdan-kam kuzatiladi. Yiliga bor-yo‘g‘i 2 kungina havo harorati 0 darajadan pastga tushishi mumkin, u ham bo‘lsa har yili emas. 

GettyImages-95329126.jpg

Navbatlar juda ham tartibli. Buzilmaydi. Agar kimdir tartibga sal bo‘lsa-da dahl qilsa bormi, uni yillab muhokama qilishadi. 

Jo‘mraklar  issiq suv uchun alohida, sovuq suv uchun alohida o‘rnatiladi. Buni tushunish juda oddiy: sanitar me’yorlarga ko‘ra texnik issiq suv sovuq ichimlik suvi bilan aralashishi mumkin emas. 

GettyImages-1158986494.jpg

 Shahar kranlaridan oquvchi sovuq suv juda toza va mazali. Hatto bir safar supermarketlardan birida krandan oqayotgan suvni “bu juda yaxshi suv, tozalangan”, deya sotish boshlanganini eshitgan mahalliy suv idorasi rahbarlari “Bizning suvimiz hech qanaqa tozalashga muxtoj emas”, deb janjal ko‘tarishgan ekan. 
 
Shimoldan sharqqa tomon oquvchi London kanali sayr qilish uchun eng ma’qbul joy hisoblanadi.

GettyImages-1177288610.jpg