MIB: alimentdan qochib yurgan otalar qidirilmoqda

  • 16:47 / 14.01.2020
  • 34

10-13-yanvar kunlari Majburiy ijro byurosi (MIB)ning Yangiyo‘l tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan 50 nafar intizomsiz aliment to‘lovchilar bo‘yicha tezkor-qidiruv ishlari amalga oshirildi, deb axborot bermoqda byuro matbuot xizmati Xabardor.uz’ga.

22 nafar “qochoq ota” topib keltirildi

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida 22 nafar intizomsiz aliment to‘lovchi bo‘limga topib keltirilib, davlat ijrochilariga topshirilgan. 33 nafar voyaga yetmagan bola ta’minoti uchun ushbu qarzdor otalardan 12 mln. so‘m aliment qarzi undirilgan.

1 nafar qarzdor jazo muddatini o‘tamoqda

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 1 nafar qarzdordan jinoiy jarima va davlatga yetkazilgan zarar, ya’ni jami 25 mln. so‘m qarzdorligi undirilgan. Yana 1 nafar aliment to‘lovchi JKning 169-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Navoiy viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tamoqda.

“Alimentchi” otalar qidiruvi davom etmoqda

“Intizomsiz aliment to‘lovchi qarzdorlarni topish yuzasidan tadbirlar davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Xabardor.uz