MMA jangchisi Muslimbek Omonov mushtlashuv oqibatida vafot etdi

  • 21:21 / 11.09.2019
  • 1328

10-sentyabr kunidan 11-sentyabrga o‘tar tunda, taxminan, soat 00:50 da, Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida ikki guruh yosh yigitlar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yigitlar kafedan ko‘chaga chiqib, Shayxontohur tumani tomon yo‘l olgan va u yerda mushtlashuv kelib chiqqan. Natijada uch kishi tan jarohatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan, ulardan biri — 23 yoshli Muslimbek Omonov shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. IIBBning ma’lum qilishicha, mojaroning barcha ishtirokchilari aniqlangan. Tergov davom etmoqda.