Madaniyat, dizayn va arxitektura ixlosmandlari uchun sayohatbop joylar

  • 20:03 / 12.09.2019
  • 396

Yangi yil boshlanishi bilan ko‘pchilik avval bormagan joylariga sayohat qilishni xohlashadi. Go‘zal va ilhomlantiradigan joyga nega bormasligingiz kerak? Agar sarguzashtlarni sevsangiz, unda madaniyat, dizayn va arxitekturadan bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan joylardan biriga tashrif buyuring.

Agra, (Hindiston)

форт-агра

Toj Mahalning ulug‘vor jozibasi asrlar davomida tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda, ammo Agra sayohatchilarga bundan ham ko‘proq narsani taklif qilishi mumkin. U yerdagi Oq marmar maqbarasi asosiy diqqatga sazovor joy. Bundan tashqari, Hindistonning eng qimmat va hashamatli mehmonxonasi - The Oberoi, shuningdek, Agra-Fort va Itimad-ud-Daulaning qabri sayohatchilarga manzur bo‘ladi.

индийское сари

Shuningdek, sayyohlar hind matolari, zargarlik buyumlari, marmar buyumlar va kiyim-kechaklar sotiladigan bozorlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Berlin (Germaniya)

музейный остров берлин

Ikkinchi Jahon urushi paytida Berlin deyarli vayron bo‘lgan, ammo shahar so‘nggi bir necha o‘n yillar davomida butunlay qayta qurilgan. Shaharni aylanib chiqqach, Brandenburg darvozasi, Reyxstag parlamenti binosi va Berlin devorining qoldiqlari kabi XX asrning ajoyib va tarixiy joylariga guvoh bo‘lasiz. Berlinda madaniyatga katta e’tibor qaratiladiki, hatto Muzey orolga duch kelasiz.

Lixtenshteyn

Лихтенштейн фото

Lixtenshteyn Shveytsariya va Avstriya o‘rtasida joylashgan bo‘lib, sayyohlarning diqqat-e’tiboriga loyiqdir. O‘rta asrlar qasrlariga tashrif buyurishni, muzeylarni kezib, Alp tog‘larida chang‘ida sayr qilishni yoki mamlakatning ko‘plab vino zavodlarini o‘rganishni istagan sayohatchilar uchun ayni muddao. Shuningdek, 2019-yil 23-yanvarda mamlakat o‘zining 300 yilligini nishonladi.

Kopengagen (Daniya)

Копенгаген

Kopengagenning asosiy diqqatga sazovor joylari o‘ziga xos dizayn va arxitekturaga ega. Milliy muzey mamlakatning qadimiy va zamonaviy tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etadi. Tivoli bog‘lari - bu Disney Worldni ilhomlantiradigan chiroqlar va ekzotik me’morchilik joyidir. Kronborg qal’asi Shekspirning Gamleti uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Ресторан Noma

Kopengagenda joylashgan "Noma" restorani to‘rt marotaba dunyodagi eng yaxshi restoran deb topildi.

Oklend (Yangi Zelandiya)

Окленд Новая Зеландия

Oklend 2017-yilda YuNESKOning Ijodiy shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi va shahar o‘zining badiiy va madaniy tomonlarini rivojlantirishda davom etmoqda. Oklend urushi yodgorlik muzeyi va Toi o Tamaki san’at galereyasi shaharning eng mashhur muzeylaridan biri bo‘lib, shaharning tabiiy go‘zalligi har bir burchakka zavq bag‘ishlaydi.