Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hayit ma’rakalari bo‘yicha o‘zbekistonliklarga murojaat yo‘lladi

  • 09:28 / 23.05.2020
  • 70

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib,  karantindagi cheklovlar vaqtincha ekani, xalq salomatligini saqlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilganini unutmaslikka chaqirdi.

"Vafot etganlar uchun xonadonlarda o‘tkazish rejalashtirayotgan ma’raka marosimlarini keyinga qoldirish, buni o‘zimiz va unda qatnashmoqchi bo‘lgan yaqinlarimiz salomatligini asrash majburiyati, deb tushunish lozim", deyiladi xabarda.

Jamoatchilikdan xonadonlarda tashkil etilgan ma’raka marosimlariga qatnashmaslik bo‘yicha shaxsiy namuna ko‘rsatishlari, bunda mahallalardagi nuroniy otaxonu onaxonlarning, mahalla faollarining o‘rni katta ekani ta’kidlab o‘tildi.

Xonadonga yangi kelgan mehmonni ko‘rish va qo‘lidan bir piyola choy ichish udumini hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, keyingi hayitlarga qoldirish to‘g‘ri ekani aytildi.