Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi uchun shartnoma imzoladi 

  • 17:48 / 06.11.2019
  • 458

Yaqinda UFC’da debyut qilgan O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov ikkinchi shartnomasini imzoladi. Bu haqida Olamsport nashri xabar bermoqda. 

Mahmud Chexiya poytaxti Praga shahrida UFC’dagi ikkinchi jangi uchun mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Hozircha Mahmudning raqibi, jang qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum emas. Sportchining o‘zi 2-3 kun ichida raqibi kim bo‘lishini e’lon qilinishini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov UFC’dagi ilk jangini 28-sentabr kuni Daniya poytaxti Kopengagen shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night 160 turniri doirasida italiyalik Alessio di Chirikoga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi.