Mahmud Murodovning ikkinchi raqibi kim bo‘lishi aniq bo‘ldi 

  • 20:10 / 07.11.2019
  • 152

O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov UFC’dagi navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Unga ko‘ra, o‘zbek sportchisi 8-dekabr kuni Vashingtonda tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga ko‘tariladi. O‘sha kungi jangda Murodovga amerikalik Trevor Smit raqiblik qiladi. 

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov shu kungacha MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan, 6 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Smit esa 24 marotaba oktagonga chiqib, ularning 15 tasida g‘olib bo‘lgan, 9 ta jangda yutqazgan. 

Avvalroq, Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi uchun shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Teglar