Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

  • 10:29 / 09.11.2019
  • 29

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qarori asosida maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi. 

Kecha – 8-noyabr kuni “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  
Qarorga muvofiq, maishiy chiqindilarni tashish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi. 

Shuningdek, yangi tahrirdagi qoidalarning tasdiqlanishi ortidan O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2014-yil 12-noyabrdagi “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Yangi qoidalarda quyidagilar belgilandi:
– maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;
– qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;
– maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;
– chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;
– ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.