Maktabdagi "mashhur"lar kelajakda o‘z o‘rnini topa oladimi?

  • 14:04 / 02.09.2019
  • 251

Maktabda davridayoq mashhur bo‘lib olgan o‘quvchilar sinfdoshlari orasida turlicha “tartib”lar o‘rnatib, tengdoshlaridan ularga amal qilishlarini talab etishadi. Qiziq, bunday ijtimoiy “maqom” ularning o‘ziga qanday ta’sir qiladi? 

Tadqiqotchilar mashhurlik tushunchasini o‘rganishdi va o‘z sinfining “qirol” yoki “qirolichasi” bo‘lib olgan bolalarning hayoti kelajakda qanday bo‘lishi mumkinligini o‘rganib chiqishdi.

Tadqiqotchilar anchadan beri g‘alati “mashhurlik” masalasini o‘rganishmoqda va maktabda mashhur bo‘lgan bolalarning xatti-harakatlari va odatlari o‘z tengdoshlariga qay darajada ta’sir qilishini tushunishga harakat qilmoqdalar. 

Картинки по запросу Как популярность ребенка в школе может повлиять на его дальнейшую жизнь

Boshqacha qilib aytganda, tadqiqotda oddiy bolalar “mashhur” o‘quvchi bolalarga qay darajada taqlid qilishga urinishi masalasi ko‘rib chiqildi. Olimlar o‘tkazgan asosiy tadqiqot natijalari mashhur bolalar haqiqatan ham maktab o‘quvchilarining xatti-harakatlariga sezilarli darajada ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda, ammo bu ma’lum bir darajadagina, xolos.

Shimoliy Karolina Universitetining psixologiya va nevrologiya fanlari professori Mitch Prinshtayn ana shunday tadqiqotlarning birida ishtirok etdi. U hamkasblari bilan mashhur bolalarning xatti-harakatlari “juda mayda narsalar”ga, masalan, tengdoshlarning qanday musiqa tinglashiga yoki qanday kiyim kiyishiga katta ta’sir qilishini aniqladi. Shu bilan birga, ular tengdoshlari orasida sigareta chekish, spirtli ichimliklar qabul qilish kabi salbiy illatlarning yoyilishida ham “rol o‘ynashadi”. 

Похожее изображение

Biroq mashhur o‘quvchilar har doim ham salbiy ta’sir ko‘rsatavermaydilar. Ularning ijobiy tomonlari ham bor, masalan, ular sinfdoshlariga turli vaziyatlardan chiqib ketishlarida yordam berishlari ham mumkin. “Yulduz” bolalar o‘zlarini qanday tutishsa, boshqalari ham ularga ergashadilar. Biroq “mashhur bolalar har doim ham tengqurlarini yomon xulq-atvorga majburlamaydilar” (Prinshtayn). Albatta, o‘rta maktab o‘quvchilari nafaqat mashhur sinfdoshlaridan, balki ota-onalaridan, do‘stlaridan, mashhur yulduzlardan ham o‘rnak olishadi. 

Prinshteyn hamkasblari bilan o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktabdagi mashhurlarning ta’sir darajasi, u qadar kuchli emas: “Bolaning shaxsiy fikri ota-onasi aytgan o‘gitlar va eng yaqin do‘stlari beradigan maslahatlarga qarab shakllanadi”, - deydi Prinshtayn. Bolaning har kuni ota-onasi yonida bo‘lishi, uning dunyoqarshi shkallanishiga 50 foizgacha ta’sir ko‘rsatadi. 

Похожее изображение

“Do‘stlik - bu ikki tomonlama yaqin munosabatlardir. Unga do‘stlik, hissiy yaqinlik va shunga o‘xshash narsalar kiradi”, - deydi olim. Mashhurlik - bu munosabatlarga emas, obro‘-e’tiborga asoslangan ijtimoiy konstruktsiya. Prinshteynning ta’kidlashicha, o‘rta maktablarda mashhurlikka aqliy tajovuz, jismoniy zo‘ravonlik evaziga erishiladi (afsuski, ko‘p bolalar tengdoshlarini kamsitib jamiyatda o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lishadi).

Biroq tadqiqotchi jamiyatda qabul qilingan ba’zi normalar ham bu borada katta rol o‘ynashini aniqladi. “Agar jamiyatda ta’lim va uning sifati qadrlanadigan bo‘lsa, unda eng yaxshi o‘qiydigan o‘quvchi eng mashhur bolaga aylanardi”, -  deb yozadi Prinshtayn.

Qizig‘i shundaki, o‘rta maktablardagi obro‘-e’tibor, o‘qish tugagach ham inson ruhiyatiga ta’sir qilishi mumkin. Prinshtaynning ta’kidlashicha, maktabda mashhur bo‘lgan bolalar (xususan, “krutoy” deb nom olganlari) katta bo‘lganida odamlar bilan muomala qilishga qiynaladilar. O‘zaro munosabatlarda chiqisha olmaganlar esa tabiiy ravishda ishdan bo‘shatiladi. Ammo yoshlikdagi ustunlik, aksincha, yaxshi natijalarga ham olib kelishi mumkin. Bunday odamlarning ba’zilari maoshi yuqori joylarda ishlab, doimo sog‘lom va go‘zal ko‘rinishda yurishadi. 

“Ikki xil mashhurlik mutlaqo boshqa-boshqa natijalarga olib keladi”, - deb izoh beradi Prinshtayn. Tadqiqotlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, bolaning maktabda tenqurlari orasidagi munosabati ularning kelajak hayotiga juda uzoq yillar davomida ta’sir qilib turadi. Balki shuning uchun ham biz qaysidir ma’noda doimo bolaligimizcha qolamiz.

Umuman olganda bu borada ota-bobolarimiz ancha yillar avval “Bola boshidan” deb aniq xulosa chiqarishgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, farzandi o‘z tengqurlari orasida qanaday mavqega ega ekanligini bilish ota-ona uchun muhim ahamiyatga ega. Yurtimizda o‘quv yilining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Xo‘sh, farzandingizning tengdoshlari bilan o‘zaro munosabati qanday?