Maradona: “Qiyinchilik bilan pul topishni yaxshi ko‘raman”

  • 19:36 / 09.09.2019
  • 158

Argentinalik mutaxassis Diyego Maradona “Ximnasiya” klubi bosh murabbiyligiga tayinlangach, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men sehrgar emasman, ishlashni xohlayman. Qolaversa, qiyinchilik bilan pul topishni yaxshi ko‘raman, buni butun umrim davomida bajarib kelyapman”, – deb Maradonaning so‘zlarini keltiradi El Chiringuito.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Maradona Argentina klubi bilan mavsum so‘nggigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgandi.

“Ximnasiya” klubi esa Argentina chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng atigi 1 ochko to‘plab, so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Teglar