Markaziy bank qimmatbaho esdalik tangalarning yangilangan narxini e’lon qildi

  • 21:41 / 10.06.2020
  • 841

O‘zbekiston Markaziy banki qimmatbaho esdalik tangalarning yangi narxini ma’lum qildi.  Unga ko‘ra, 2020-yil 10-iyundan amaldagi esdalik oltin tanga va kumush tanganing narxlari arzonlashdi.

Ya’ni:  

1 ta oltin tanga narxi – 17 mln. 800 ming so‘m; 
(300 ming so‘mga arzonlashdi. Avvalgi narxi 18 mln. 100 ming so‘m).

1 ta kumush tanga narxi – 357 ming so‘m; 
(13 ming so‘mga arzonlashdi. Avvalgi narxi 370 ming so‘m)

Ma’lumot uchun, esdalik tangalari har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi esa 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-iyundan amaldagi esdalik oltin va kumush tanganing narxi qimmatlashgan edi