Markaziy bank valyutalar kursini o‘zgarishsiz qoldirdi

  • 09:19 / 13.08.2019
  • 465

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 13-avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8882,00 so‘mga teng.

1 yevro 9928,30 so‘mni tashkil etadi.

1 rubl esa 2,53 so‘mga qimmatlashib, 136,38 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

10-avgustda Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilagan, unga ko‘ra, 1 AQSh dollari dushanba kuni e'lon qilingan kursga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8882,00 so‘mga yetgandi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.