Mashina oynalarini to‘g‘ri sozlash tartibi

  • 23:48 / 24.01.2020
  • 1558

Oyna avtomobil xavfsizligi uchun eng muhim vosita. Oyna yordamida haydovchi mashinani nazoratda boshqaradi, yon atrofni kuzatadi. Ba’zida oynaga tegib ketish yoki yangisini o‘rnatish sababli uning holati o‘zgarib qoladi. Oqibatda mashinani boshqarish qiyinlashadi. Buning oldini olish uchun uni qanday sozlash kerak?
 
Turlari
Oynalar joylashishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.  Ichki (salon ichidagi). Bu turdagi oynalar mashina saloning ichiga joylashtiriladi. Bunday oyna avtomobil orqasini vizual nazorat qilish imkonini beradi.
2.  Tashqi (yon tomondagi). Avtomobil old o‘rindiqlarining yonida, ikki tomondan joylashtiriladi. Bu oynalar mashinaning yoni va orqasini ko‘rish, kuzatish imkonini beradi.

Oynalarni to‘g‘ri sozlash tartibi
•  Haydovchi oynalarni o‘ziga moslab olishi eng to‘g‘ri variant hisoblanadi. Buning uchun mashinaning old o‘rindig‘ini qulay holatda sozlab, keyin unga o‘tirgancha oynalar to‘g‘rilanishi kerak.
•  Chap oyna yer va osmonni ko‘rinishiga qarab, 60/40 nisbatda to‘g‘rilanadi. Mashinaning old eshigidagi tutqich oynaning pastki o‘ng burchagidan ko‘rinib turishi lozim.
•  O‘ng oyna yer va osmonga 70/30 nisbatda o‘rnatiladi. Old eshik tutqichlari oynaning pastki chap burchagida ko‘rinib turishi kerak.
•  Salondagi markaziy oyna mashinaning orqa derazalariga moslab sozlanishi juda muhim. Oynaning markazi orqa derazalar markaziga to‘g‘ri tushishi kerakligini hisobga oling.