Mashinani yaltiratadigan 8 usul

  • 08:38 / 05.09.2019
  • 1431

Mashinani toza tutish har bir haydovchining orzusi sanaladi. Ular qishin-yozin o‘zlarining “temir tulpor”larini go‘zal ko‘rinishda saqlash usullarini qidirishadi. Avtomobilni har kuni ham yuvish shaxobchasiga olib borolmaymiz, umuman olganda texnika kundalik e'tiborni aynan o‘z egasidan talab qiladi. Shunday ekan quyidagi 8 maslahat har qanday haydovchi uchun mashinasini tez va samarali tozlashda yaqin ko‘makchi bo‘lishi mumkin.

1. Bardachokdagi bir baklashka Koka-kola nafaqat chanqog‘ingizni qondirish uchun ajoyib vosita, balki oynalardan har qanday chang va kirni tozalashi ham mumkin. Gazlangan tomchilar keraksiz joyga tushmasligi uchun uni old oynalar (lobovoy) ga aniq yo‘naltirish kerak. Shuningdek, avtomashina kapotini har ehtimolga qarshi sochiq bilan yopib qo‘ygan maqsadga muvofiq bo‘lardi.

2. Ayerozol VD-40 bekorga universal qo‘llash vositasi hisoblanmaydi. Uning yordami bilan kapot ustidagi istalgan mayda kirlanishni yo‘q qilish mumkin. Mayda chivinlar-u changlar, keraksiz yopishtirgichlar-u, qush hamda rezavor mevalarning izlarni yo‘qotish bu vosita uchun hech gap emas. Bundan tashqari uni mashina salonidagi yog‘li dog‘larni ketkazish uchun ham ishlatish mumkin. Har ikkala holatda ham bir xil usul qo‘llaniladi: doqqa ayerozoldan biroz sepamiz, ma'lum muddat kutib turib so‘ngra uni artib tashlaymiz. Natijani esa o‘zingiz ko‘ravering!!!

3. Salonga to‘kib yuborilgan kofe dog‘larini zudlik bilan qog‘oz sochiqlar vositasida artib tashlagan ko‘proq foyda beradi. Dog‘ning keyingi oqibatlarini oldini olish uchun esa, 1 litr suvga 1 choy qoshiq sirka hamda yarim choy qoshiq idish yuvish vositasini aralashtiramiz. Dog‘ni tayyor bo‘lgan aralashma bilan yaxshilab ishqalang va 25 daqiqa davomida tegmang. So‘ngra uni issiq suv bilan yuvib tashlang. Yordam bermadimi? Unda aralashma tarkibida sirka miqdorini oshirib, ishni yana qayta bajarib ko‘ring.

4. Salondagi yoqimsiz hiddan ko‘mir yordamida osonlik bilan qutulamiz. Ko‘mir paketini ochib uni bir kecha davomida mashina salonida qoldiramiz. Shu bilan bunday hiddan ko‘mirning so‘rib oluvchi xususiyati tufayli butunlay forig‘ bo‘lamiz. Hattoki, tamakining o‘tkir isi ham unga dosh berolmay, yon beradi.

5. Agar mashinaga kimdir qayd qilgan bo‘lsa, (axir bu yo‘l unda har narsa bo‘lishi mumkin) bunday dog‘ni yo‘qotish uchun yordamga oddiygina gazlangan suv keladi. Suvni dog‘ ustiga quyib, biroz muddat kutamiz keyin esa qog‘oz sochiqlar bilan uni artib tashlaymiz.

6. Mashinamizning tashqi tomonini har kuni ham yuvavermaymiz. Biroq bu hayot har qanday hodisa yuz berishi mumkin, bunday hollarda agar mashinalarni yuvish shoxobchalari uzoqda bo‘lsa yoxud borish imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda “temir toychog‘”ingizni o‘zingiz yuvishingizga to‘g‘ri keladi. Yuvayotganda sochiqlar o‘rniga eski triko-paypoq (kolgotka)dan foydalansangiz, u ko‘pikli suv bilan ajoyib tarzda moslashib, mashinangizni yuvish shoxobchasidan kam qilmay tozalab beradi.

7. Mashinangiz tashqi tomonidagi ancha qalin va ketishi qiyin bo‘lgan kirlanishlarni yo‘qotishda eski tig‘ (lezviya) lar ko‘maklashadi. Bu holatda mashinaga zarar yetkazmaslik uchun faqatgina ehtiyotkorlik talab qilinadi.

8. Har qanday mashinada ertami kechmi mayda-mayda zang nuqtalari paydo bo‘la boshlaydi. Avtomobil egasining asosiy ishi bu nuqtalarning katta doqqa aylanib ketmasligining oldini olishdir. Bunda sizga oddigina tirnoq laki yordamga keladi. Istasangiz shaffof ranglisini yoki mashinangiz rangiga mosini tanlashingiz mumkin. Ammo, shaffof lak ma'qul tanlov bo‘ladi, chunki uni mashinadagi boshqa qirilishlarga qarshi ham ishlatish mumkin. 

Mushkulingizni osonlashtiruvchi bu oddiy “ayyorlik”larni do‘stlaringiz bilan ham ulashing. Zero, mashinamizni toza va saranjom tutish har birimizning kundalik vazifamizdir!