Maxachqal’a va Turkmanboshi o‘rtasidagi parom xizmati 2020-yilda ochiladi

  • 17:56 / 07.10.2019
  • 263

Dog‘istonning Maxachqal’a shahri va Turkmanistonning Turkmanboshi o‘rtasidagi parom xizmati 2020-yilda ochilishi rejalashtirilgan. Parom yiliga 1 million tonnagacha yuk tashishga qodir. Bu haqda Dog‘iston Iqtisodiyot vaziri vazifasini bajaruvchi Hoji Sultonov ma’lumot berdi.

Endi “Turkmen Mile Logistics” turkman kompaniyasi Turkmanboshi va Maxachqal’a o‘rtasidagi parom xizmatlari bilan shug‘ullanadi. Biz bu masalaning 2020-yil aprel-may oylariga qadar hal qilinishini kutmoqdamiz. Maxachqal’a portida paromlarni qabul qilish imkoniyati mavjud va bu masalada turkmanlar bilan ishlamoqda, – dedi Sultonov. 

“Biz bu paromni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lyapmiz. Guruch, alkogolsiz ichimliklar, mineral suv – sanoat korxonalarimiz mahsulotlaridir. Turkmanistondan kelgan tranzit yuklar avval bizning portimizga, keyin Novorossiysk orqali Yevropaga boradi, – deya qo‘shimcha qildi agentlik.

Avgust oyida bo‘lib o‘tgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Serdar Durdiyev respublika Rossiya Federatsiyasining bir qator mintaqalari, shu jumladan, Astraxan viloyati va Shimoliy Kavkaz mintaqalari, xususan Dog‘iston bilan parom xizmatini yaratishga umid qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Maxachkala – Turkmanboshi paromlari xizmati 2002-yilda ishga tushirilgan va taxminan, bir yil davom etgan. Maxachkala – Rossiyaning Kaspiy dengizidagi yagona muzlatilmagan va chuqur dengiz porti bo‘lib, u uzunligi 150 metrgacha bo‘lgan kemalarni qabul qila oladi.

Teglar