Merkel "Norman formati"dagi sammitning qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi

  • 16:39 / 11.09.2019
  • 123

Germaniya kansleri Angela Merkel bir necha haftadan so‘ng tashkil qilishni rejalashtirayotgan "Norman formati"dagi sammit haqida ma'lum qildi, deb yozadi Gazeta.ru nashri.

Uning ta'kidlashicha, sammitning maqsadi yanada salmoqli yutuqlarga erishishdir.

Avvalroq Berlinda sammitga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbarlarining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Germaniya rasmiylari "Norman formati"dagi sammit o‘tkazilishi haqida xabar bergan, ammo ushbu uchrashuvning vaqti va joyi haqida bugungacha ma'lumotlar bermagandi.

Teglar