Merkel G7 sammitdagi muzokaralar mavzusini e’lon qildi

  • 18:52 / 24.08.2019
  • 290

Germaniya kansleri Angela Merkel Fransiyada bo‘lib o‘tadigan “Katta yettilik” sammitiga taklif etilgan rahbarlar muhokama qiladigan asosiy mavzular ro‘yxatini ma’lum qildi. Mazkur bayonot videosi hukumatning Facebook’dagi sahifasiga joylandi.

Merkelning ta’kidlashicha, sammitda Donbassdagi vaziyat, mamlakatlarning Rossiya bilan munosabatlari hamda o‘rmon yong‘inlari asosida kelib chiqadigan  global ekologik muammolar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari Liviya va Suriyaga aloqador mavzular ustida ham so‘z yuritishadi.

Videomurojaatda “Bir-biri bilan suhbatlashish bir-birlari haqida gapirishdan ko‘ra yaxshiroq”, – deya ta’kidlagan Merkel.

Avvalroq, Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Tusk “Katta yettilik”ni birdamlik yo‘lidagi qiyin sinov deb atagan edi.

Teglar