Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiyalaydi?

  • 20:06 / 02.10.2019
  • 1218

Milliarderlarning bolalariga, albatta, yorug‘ kelajak ta’minlangan va ularga hamma narsa muhayyo, deb o‘ylaysizmi? Har doim ham emas. Aslida, muvaffaqiyat “titan”lari ko‘pincha farzandlariga oilaviy pullardan foydalanishni qattiq taqiqlaydi va eng quyi darajadan boshlashni talab qiladi

Quyida, milliarderlar farzandini qanday tarbiyalashi va bu qanchalik samara beryotganini bilib olasiz. 

1. Bill Geyts, Microsoft rahbari 

БГ придумал Windows, которыми пользуются миллионы бухгалтеров, бабушек, и мы.

Bill va uning rafiqasi barcha pullarini o‘zlarining xayriya fondiga berishga, bolalarini esa faqatgina dunyodagi eng yaxshi ta’lim bilan ta’minlashga qaror qilishgan. Geytslar juftligining fikricha, faqatgina shu tariqa bolalar biror narsaga o‘z kuchi bilan erisha olishi mumkin. Aytgancha, Billning ota-onasi ham shunday yo‘l tutishgan. Ular juda boy edi, lekin o‘g‘lini ortiqcha erkalatib yuborishmagan. Bill hali maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq shahar elektrostansiyalarini boshqarish uchun dastur tayyorlab, bir necha ming dollar ishlab topgan. 

2. Uorren Baffet, amerikalik tadbirkor

Баффет — самый влиятельный в мире инвестор. Не верит в биткоины.

Uorrenning fikricha, bolalarni boshqarishga urinib, o‘z izingizdan yurishga majburlamasligingiz lozim. Ular nimaga qodirligini sizga o‘zlari ko‘rsatishsin. 

“Siz yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan eng katta xato – bu pul yordamida bolani u yoki bu tarzda o‘zini tutishga majburlashdir. Men bolalarimni hech narsaga: kollejni tugatishga, shifokor yoki yurist bo‘lishga majburlamaganman. Men ularga o‘z qobilyatlari qayerda jamiyat uchun eng ko‘p foyda keltirsa, o‘sha yerda ishlatishini aytganman”. 

Uning o‘g‘li Govard ushbu tamoyil tufayli bugun mashhur fermer, yozuvchi va fotograf, shuningdek, otasining kompaniyasida direktorlar kengashi a’zosi. 

3. Amansio Ortega. “Zara”, “Massimo Duti” rahbari

Магнат, владелец множества компаний, производящих одежду

Amansio oddiy turmush tarzida o‘sgan va qizi Martani ham shu tariqa tarbiya qilgan. Buni tekshirish qiyin emas. Masalan, Marta qatnashgan biron-bir janjal yoki shov-shuvli, hashamatli bazmlar haqida hikoyalar topolmaysiz. 

Amansio qizi 18 yoshga to‘lishi bilanoq, biznesni ichkaridan o‘rganishi uchun – uni sotuvchi-konsultant sifatida ishlashga yuboradi. Keyin u savdo xizmatchisi sifatida, shuningdek, Shanxayda ishlab chiqarishda ishlaydi. Hozir 26 yoshli Marta otasining korporatsiyasini boshqarishga tayyorlanmoqda.  

4. Rotshildlar oilasi

Крупнейшая в Европе (и мире?) династия банкиров и общественных деятелей.

Rotshildlar oilasi asoschisi sulola uzoq va juda katta bo‘lib rivojlanishi uchun kodeks ishlab chiqqan. Masalan, yuqori lavozimlarni faqatgina oila a’zolari egallashi mumkin, ishlarni faqat erkaklar yuritadi, aktivlar faqat o‘g‘il farzandlarga meros qilinadi. Shuningdek, u oilaning boyliklarini bildirish, davlati hajmini oshkor qilish mumkinmasligini uqtirgan. Hattoki, sud yoki majlisda ham. 

Kimdir bularni juda eskirgan qoidalar deydi, ammo ko‘rib turganimizdek, ularning ishlari yomon ketmayapti. 

5. Jeff Bezos, Amazon rahbari

Безос владеет Amazon — крупнейшей технологической  компанией в сфере интернет-коммерции.

Amazon bosh direktori bolalar uchun eng muhim narsa – har tomonlama rivojlanish, deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu Singapur matematikasi, xitoy tili, fermalarda jonli biologiya, ovqat tayyorlashda tajriba qilish, ta’limiy klublar, boshqa bolalar bilan musobaqalashish va hokazolarni qamrab oladi. 

Hayotni amaliyotda anglash kerak. 25 yoshingizda diskriminatni hisoblay olsangiz-u, uyni ta’mirlashni bilmasangiz yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabat o‘rnata olmasangiz, bu juda kulgili, axir. 

6. Charlz Kox, “Coch Industries” rahbari

Coch Industries — мультинациональный конгломерат.

Charlz talabchan ota edi. Uning fikricha, bolalari har kuni beshta oilaviy tamoyil: muhabbat, shijoat, ishonch, nomus va sadoqat asosida yashashlari lozim. 

Uning o‘g‘li Cheyz shunday eslaydi: “Sen 5 yoki 6 yoshdasan, tushlik stolida o‘tiribsan va shu payt otang sendan so‘raydi: “Bu tamoyillar uchun bugun nima qilganing haqida gapirib ber. Hikoya eshitishni xohlayman”. 
Hozir Cheyz “Coch Industries”ning filiallaridan birini boshqaradi. 

7. Mark Sukerberg, Facebook rahbari

Facebook - крупнейшая в мире соцсеть, которая еще владеет Instagram и WhatsApp.

Sukerberg o‘z farzandlarini ota-onasining metodi asosida tarbiyalaydi: hech qanday jismoniy jazolarni qo‘llamaslik, shaxsni har tomonlama yuksaltirish hamda vaqtichog‘liklarga albatta vaqt topish. Bu metodlar ishlaydiganga o‘xshaydi. Axir, ular Markning dunyodagi eng qimmat kompaniyani yaratishiga yordam bergan.

8. Rokfellerlar oilasi

Аррисон владеет крупнейшей в мире компанией круизных путешествий , а также командой NBA

Rokfellerlar oilasidagi eng eski an’ana – oilaviy uchrashuvlar. Ular buni har ikki yilda qilishadi, ba’zida bitta joyda yuzlab odamlar yig‘iladi. 

Shuningdek, ular 21 yoshdan katta bo‘lgan barcha oila a’zolari uchun biznes-forumlar o‘tkazishadi. Bu forumlarda ishga oid barcha masalalar muhokama qilinadi. 

Siz ham u qadar badavlat bo‘lmasangiz-da, barcha muhim masalalarni muhokama qilish uchun oilaviy majlislar o‘tkazib tursangiz, foydadan holi bo‘lmaydi.