Misrda 83 ta qadimiy maqbara qoldiqlari topildi

  • 16:29 / 13.02.2020
  • 222

Misrlik arxeologlar Dakaxliya viloyatining Umm al-Xajan shahri hududidan 83 ta qadimiy qabr va maqbaralarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning barchasi eramizdan avvalgi IV ming yillikning birinchi yarmiga tegishli ekanligi aytilmoqda. 
Topilma – toshga o‘yilgan oval shaklidagi kovaklar, loy tobutlar va bir qator dafn marosimida ishlatiladigan aksessuarlardan iborat.
Mamlakat Qadimiy yodgorliklar vazirligi bu maqbaralar Quyi Misr sivilizasiyasiga taalluqli ekanini tasdiqladi. Bunday topilma Dakaxliya hududidan birinchi marta qazib olinyapti. Demak mazkur hududda eramizdan avvalgi besh ming yillar avval ham aholi istiqomat qilgan. 
Arxeologlar yaqin kunlarda qadimiy sivilizasiyaning yangi qoldiqlarini topishga umid qilishmoqda