Mixail Gorbachyovni pitsa reklamasida suratga tushishga nima majbur qilgan?

  • 18:17 / 02.12.2019
  • 325

“Foreign Policy” jurnali Gorbachyovning biografi Uilyam Taubmanga asoslanib xabar berishicha, sobiq ittifoqning birinchi va so‘nggi prezidenti o‘z jamg‘armasi faoliyati uchun pul ishlash maqsadida Amerikaning “Pizza Hut” pitsa tarmoqlari reklamasida suratga tushishga majbur bo‘lgan

Amxerstdagi Massachusets universiteti siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Pol Masgreyv reklama roligi tarixidan hikoya qiladi. Uning aytishicha, Gorbachyov 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, uning jamg‘armasi pulsiz qoladi. Ma’ruzalardan tushgan gonorarlar fond faoliyatiga yetmas, oshirilgan prezidentlik pensiyasi giperinflyatsiyadan so‘ng oyiga to‘rt ming rubldan (1991-yilgi narx-navo) ikki ming dollargacha kamayib ketgandi.

Скриншот видео рекламы Pizza Hut с Михаилом Горбачевым

1990-yilda bozorga kirib kelgan Amerika pitsalar tarmog‘i Rossiya bozoridan raqiblarini siqib chiqarish uchun reklamachilarga keng ko‘lamli reklama kampaniyasi uchun buyurtma beradi. Kampaniya yuzi sifatida Gorbachyovni tanlashadi.

Masgreyvning ma’lum qilishicha, sobiq SSSR rahbari uzoq ikkilanishdan so‘ng, nihoyat reklamada suratga tushishga ko‘nadi. Siyosatchi rolik ssenariysining yakuniy talqinini tasdiqlash huquqini o‘zida saqlab qoladi, qolaversa, kadrda pitssa yeyish taklifini uzil-kesil rad etadi.

O‘sha reklama roligida Gorbachyov bilan nevarasi Anastasiya suratga tushgan. Sobiq ittifoq prezidenti qancha gonorar olgani sir tutilgan. Ammo maqola muallifining aytishicha, 2019-yilgi narxlarga taqqoslanganda, reklama uchun Gorbachyovga bir million dollar atrofida to‘lab berishgan.