Joriy yil 19-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Hindiston Respublikasi Bosh vazirining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Vikram Misri bilan muzokara oʻtkazdi.
Tomonlar ikki davlat rahbarlarining oʻzaro ishonchli muloqoti va amaliy saʼy-harakatlari tufayli erishilgan Oʻzbekiston-Hindiston strategik sheriklik hamda koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishdagi jadal oʻsishni mamnuniyat bilan qayd etdilar.
V.Misri Hindiston hukumati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yoʻnalishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini bildirib, Nyu-Dehli Oʻzbekiston bilan barcha ikki tomonlama yoʻnalishlarda hamda “Hindiston+Markaziy Osiyo” formati shakli doirasida hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston tomonining Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari yuqori baholandi.
V.Misri Oʻzbekistonning Afgʻonistonga gumanitar yordam koʻrsatish, mazkur mamlakat iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan infratuzilma, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish boʻyicha faol qadamlarini olqishladi.
Xalqaro institutlar orqali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi. Hindiston delegatsiyasi Oʻzbekistonning ShHTga raisligining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!