Moliya vazirligi 2020-yilda sog‘liqni saqlash tizimiga byudjetdan ajratilgan mablag‘ haqida ma’lum qildi

  • 20:24 / 16.05.2020
  • 98

Moliya vazirligi Davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni markazlashgan holda xarid qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2016-2020 yillarda ajratilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, sohaga davlat byudjetidan o‘tgan 5 yil davomida quyidagi hajmdagi summalar ajratilgan:

2016-yilda 79,1 mlrd. so‘m;
2017-yilda 146,4 mlrd. so‘m;
2018-yilda 346,5 mlrd. so‘m;
2019-yilda 455,8 mlrd. so‘m;
2020-yilda 716,6 mlrd. so‘m.

Shundan Vazirlikka 2020-yilda ajratilgan 716,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirilgan:

59,8 mlrd.so‘m – O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlari;

50,7 mlrd.so‘m – onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish tadbirlari;

50,8 mlrd.so‘m – OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari;

16,9 mlrd.so‘m – GDF (Global drug facility) sertifikati bilan tasdiqlangan silga qarshi dori vositalarini xarid qilish;

24,5 mlrd.so‘m – endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish tadbirlari;

10,7 mlrd.so‘m – Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi;

44,5 mlrd.so‘m – bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash;

131,6 mlrd.so‘m – bolalarni vaksinalar bilan ta’minlash xarajatlari;

2,1 mlrd.so‘m – ijtimoiy muhofaza muassasalari tarbiyalanuvchi va yashovchilarini grippga qarshi emlash;

131,2 mlrd.so‘m – nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish tadbirlari;

32,1 mlrd.so‘m – kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tadbirlari;

26,5 mlrd.so‘m – neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantant operatsiyalar o‘tkazish;

6,0 mlrd.so‘m – tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish;

87,2 mlrd.so‘m – gemotologiya xizmatini, shuningdek, onkogematologik kasalliklarga chalingan shaxslarni qo‘llab quvvatlash tadbirlari;

4,2 mlrd.so‘m – reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish tadbirlari;

10,0 mlrd.so‘m – virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish, ular profilaktikasi va davolash tadbirlari;

13,8 mlrd.so‘m – buyrak va jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash;

10,9 mlrd.so‘m – xarid qilingan 150 ta (FORD) tez tibbiy yordam avtotransport vositalari uchun hisoblangan QQS qoplash xarajatlari;

0,3 mlrd.so‘m – mehnatga layoqatsizlik varaqalarini tayyorlash xarajatlari;


2,9 mlrd.so‘m – qon va uning komponentlarini yig‘ish, saqlash va yetkazish uchun bir martalik plastik konteynerlar sotib olish

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-may kuni Parlament yuqori palatasi a’zolari to‘rtinchi yalpi majlis doirasida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma’qullangan edi.

 Mazkur Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash maqsadida byudjet xarajatlari optimallashtirilayotgani hamda ustuvor yo‘nalishlarga, ya’ni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishi nazarda tutilgani ta’kidlangan edi.