Moskvadagi bankka hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi

  • 18:28 / 23.05.2020
  • 161

Moskva shahri markazidagi Alfa Bank ofisiga hujum qilgan shaxs maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olindi,  deb xabar bermoqda TASS.

Ta’kidlanishicha, bosqinchining ruhiy holati yaxshi emas, shu sababli u ekspertizaga yuborilgan.

“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Tahdid qilingan portlovchi uskuna esa soxta ekan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alfa bankka noma’lum shaxs hujum qilib, 5 kishini garovga olgani aytilgandi.