Moskvadan Fargʻonaga uchayotgan samolyotda yoʻlovchi vafot etdi

  • 20:51 / 08.11.2019
  • 825

Moskvadan Fargʻonaga uchayotgan samolyot bortida Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqida prokuratura vakiliga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, 53 yoshli erkak parvozda yurak xurujidan vafot etgan. Uchuvchilar samolyotni shoshilinch ravishda Samara shahriga qoʻndirganda, yoʻlovchi allaqachon vafot etgan.

Xabarga koʻra, yoʻlovchining parvoz paytida mazasi boʻlmay qolgan. Samolyot uchib kelishi kutilgan Oʻzbekistondagi aeroportda tez yordam mashinasi shay holatda kutib turgan.

Teglar