Mustahkamlik testi: Samsung S10, iPhone 11 va Nokia 3210 eng mustahkam smartfonlar bo‘lib chiqdi 

  • 17:07 / 28.11.2019
  • 844

Sizningcha, Samsung S10, iPhone 11 va Nokia 3210 smartfonlari orasida qay biri mustahkam. Ayrimlar iPhone 11 eng mustahkami desa, yana kimlardir Nokia 3210 “yong‘oq chaquvchi telefon” deb javob beradi. Aslida, qay biri mustahkam?  

Tajriba o‘tkazildi

YouTubedagi How Ridiculuos kanali mualliflari juda g‘aroyib “krash-test” (mustahkamlik testi)ni o‘tkazishdi. Blogerlar vertolyotdan iPhone 11, Samsung S10 va telefon Nokia 3210 ni yerga tashlashdi va olingan natijalarni kuzatib borishdi.

Ilk bosqich

Tajriba avvalida, mualliflar vertolyotda 46 metr balandlikka ko‘tarilishdi va rezina o‘yinchoq – tiranozavrni yerga tashlashdi. Tiranozavr ortidan Nokia 3210 yerga uloqtirildi. Odamlar orasida “yong‘oq chaqadigan telefon” deyiluvchi mashhur Nokia 3210 yerga tushishi bilan bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Blogerlar uni qayta yig‘ib, ishlatib ko‘rishganida, u yana ishlayotganini va telefon ekrani singaniga qaramay, deyarli, zarar ko‘rmaganligi aniqlangan.

Ikkinchi bosqich

Shundan so‘ng, blogerlar yana tajriba o‘tkazishdi, ammo bu safar ular 76, 152 va 229 metr balanddikka ko‘tarilishdi. Shunday balandlikdan yana o‘sha Nokia qurilma tashlandi. Apparat zararlanishiga qaramay, u ishlashda davom etgan.

Uchinchi bosqich

Nokia bilan bo‘lgan “mashmashalar”dan tajriba o‘tkazuvchilar zamonaviy smartfonlarni sinab ko‘rishni boshlashdi. Bu safar telefonni tashlash balandligi 305 metrni tashkil qildi. Birinchi bo‘lib, himoya qoplamasi kiydirilgan iPhone 11 “parvoz qildi”. Undan so‘ng Samsung S10 “uchdi”.

Natijalar bilan tanishing

•  iPhone 11 – 1000 fut balandlikdagi “parvozidan” keyin ham, deyarli, zararlanmaganligi aniqlandi. Qurilma ustida mayda tirnalishlar bo‘lsa-da, ishlashda davom etgan. 

•  Samsung ham kutilmagan natija ko‘rsatdi. Samsung S10 smartfonining orqa kameralari sinib ketgan bo‘lsa-da, qurilma ishlashda davom etgan.