Mutolaaga o‘rganishning 4 ta oson usuli

  • 22:41 / 13.01.2020
  • 984

4 способа безболезненно приучить себя читать каждый день

1. Yangi odat uchun kichik qadamlar
Kuniga 50 sahifadan o‘qish sizni birdan zeriktirib qo‘yishi mumkin. Bunday tezlikda kitob ham tugab qoladi. Shu sabab, yangi odatga sekin-asta ko‘nikkan ma’qul. Shunda bosh miya energiyani tejash, o‘qish uchun sarflanayotgan kuchni kamaytirishga harakat qiladi. Boshlanishiga kuniga 5 sahifadan o‘qisangiz bo‘ladi.

2. Nazorat va kuzatuv

Как начать читать книги — поставь цель: за день осиливать по 5 страниц

Uch hafta davomida o‘qishga odatlangan miqdorni kuzatib borishga harakat qiling. O‘zingizga me’yor deb belgilangan miqdorga amal qiling. Balki nimanidir o‘zgartirish kerakdir! Belgilangan me’yorni oz-ozdan ko‘paytirib borish o‘rinli bo‘ladi.   

3. Kitoblar ro‘yxatini tuzish
O‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringizning ro‘yxati bormi? Yo‘q bo‘lsa, albatta, tuzib chiqing va bunga qat’iy amal qiling. Shunda kitobni qanchalik tez o‘qiyotganingizni nazorat qilib borasiz.

4. Faqat o‘zingizga yoqqan kitobni o‘qing

Книга — способ прикоснуться к мыслям великих людей прошлого

Kitobga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish uchun uni diqqat bilan mutolaa qilish zarur. Shu sabab faqat o‘zingizga qiziq bo‘lganlarinigina o‘qishga harakat qiling. Kitobni xuddi sevimli filmingizni tomosha qilayotgandek o‘qishingiz kerak. Shunda siz uni o‘qish uchun uyga shoshilib, qiziqish bilan kelasiz.