Muzlatkichda saqlash mumkin bo‘lmagan 10 ta mahsulot

  • 20:15 / 30.11.2019
  • 1738

Hammamiz xato qilamiz. Ammo ularning ko‘pchiligini tuzatish oson. Masalan, ko‘pchilik odamlar muzlatkichga pomidor qo‘yishning noto‘g‘ri ekanini tushunmaydi, ammo siz buni hal qilishingiz mumkin – shunchaki, bu odatni o‘zgartirasiz

Картинки по запросу 10 продуктов, которые мы портим, когда кладем в холодильник

Ko‘pchiligimiz muzlatkichda saqlaydigan 10 ga yaqin mahsulot bor. Ularni bunday saqlashimiz natijasida taomning ta’mi, xushbo‘yligi, sofligi va hatto, foydali xususiyatlarini buzamiz. Jumladan:
– Pomidorlarning o‘ziga xos ichki tuzilishi tufayli ularni muzlatkichda saqlash mumkin emas. Chunki suvli va yumshoq qismlari juda ko‘p, muzlatilganda pomidorning ta’mi, sofligi buziladi va ozuqaviy qiymati keskin pasayadi. Yaxshisi, oshxonaning quyosh tushmaydigan qorong‘i va salqin joyida saqlang.
– Muzlatgichda o‘tkir qaylalar va ziravorlarni saqlash taqiqlangan. Ular peshtaxtada yoki stolda turadi, yo shkafning yuqori qismiga joylanadi.
– Shokolad va yong‘oq pastalari sovutkichda o‘z ta‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun ochilishdan oldin ularni javonda saqlash kerak, keyin muzlatkichga qo‘yish mumkin. Ammo ularni bir necha kun ichida yeyish tavsiya etiladi.

Картинки по запросу 10 продуктов, которые мы портим, когда кладем в холодильник

– Olma va nok, har qanday tropik mevalar, banan va qovunlarni muzlatkichda saqlash mumkin emas. Istisno: faqat kesilgan bo‘laklar yoki ikkiga bo‘lingan tilimlar bo‘lishi mumkin. Ular do‘konning sovuq derazali peshtaxtalarida saqlanmaydi, demak bu mahsulotlar sovuqqa muhtoj emas.
– Sovutkichdagi yong‘oqlar buzilishi va mog‘orlashi mumkin.
– Sovuqda sarimsoq o‘tkirligi va sofligini tez yo‘qotadi.
– Asal (har qandayi) faqat xona haroratida saqlanishi mumkin. Bankasini qorong‘i, quyoshdan (va batareyadan) uzoqroq joyga qo‘yganingizga ishonch hosil qiling.
– Nonni, shu jumladan, non mahsulotlarini muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydi, chunki ular tezda eskiradi va mazasi yo‘qoladi.
– Piyozni muzlatkichdagi sabzavot qutisiga solib qo‘yish mumkin.
– Sovutkichda yangi kartoshkani umuman saqlamagan ma’qul, chunki kartoshka yumshoqligini tez yo‘qotadi.