NASA SpaceX parvoziga ruxsat berishni kechiktirdi

  • 10:17 / 23.05.2020
  • 54

NASA SpaceX’ning tarixiy parvozi uchun kosmonavtlarning Xalqaro kosmik stansiyaga (ISS) uchib o‘tishiga ruxsat berishni kechiktirdi. Rejalashtirilgan parvozga bir haftadan kam vaqt qolgan, deb yozmoqda Sky News.
 
Qayd etilishicha, 27-may kuni NASA kosmik kemalari floti iste’foga chiqqan 2011-yildan beri birinchi marta kosmosga parvoz qilish rejalashtirilgan. O‘shandan buyon NASA kosmonavtlari Qozog‘istonning “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidan bitta o‘rindig‘i 86 million dollar turadigan “Soyuz” raketalaridan foydalanib parvoz qiladi.

NASA’ning tijorat ekipaj dasturi doirasida AQShda joylashgan ikkita kompaniya – Ilon Maskning SpaceX va Boeing kompaniyalari insonning kosmosga parvoz imkoniyatini oshirish maqsadida arzonroq parvoz dasturlarini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, SpaceX’ning bir o‘rindig‘i narxi 55 million dollar,  Boeing esa 70 million dollar turadi.
 
“Biroq NASA’ning payshanba, 21-may kungi SpaceX’ni kosmosga uchirishga tayyorgarlik bo‘yicha sharhi kutilganidek yakunlanmadi. Agentlik vakillari aniq tafsilotlar o‘rniga qandaydir munozaralar davom etayotganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.

Teglar