Namangan va Samarqandda 28 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

  • 14:28 / 18.05.2020
  • 178

Bugun, 18-may kuni Namangan viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida esa 21 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Namanganda sog‘ayganlarning 2 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Qolgan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda shu paytga qadar 207 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular soni 214 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda shu paytga qadar 154 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 175 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2275 nafarni tashkil qilmoqda.