Namangan xalqaro “Trofi” kubogiga mezbonlik qiladi

  • 13:13 / 05.12.2019
  • 199

Joriy yilning 10-15-dekabr kunlari Namangan shahrida gandbol bo‘yicha xalqaro “Trofi” kubogi o‘tkaziladi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

17 va 19 yoshi qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada o‘z mintaqalarida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston, Tailand va KXDR jamoalari bahs olib boradi.

Unda har ikki yosh toifasida g‘alaba qozongan mamlakat jamoalari turnirning qit’alararo bosqichiga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, 2020-yil Fransiyada gandbol bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston o‘smir qizlar jamoasi ham ishtirok etadi. 

Teglar