Namanganda O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan musiqali archa o‘rnatildi 

  • 20:18 / 21.12.2019
  • 665

Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan musiqali va rang-barang chiroqli bayram archasi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Namangan shahrining Bobur bog‘ida bazatilgan 28 metrlik yangi yil archasi O‘zbekistondagi eng baland –  39 metrlik  archadan keyingi o‘rinni egalladi. Mazkur archa ham musiqali va rang-barang chiroqli bezagi bilan O‘zbekistondagi ilk o‘xshashi bo‘lmagan musiqali archa  sifatiga ega bo‘ldi.

Bosh archaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va Namangan ahlini Yangi yil bilan samimiy muborakbod etar ekan quyidagilarni ta’kidladi:
 
“Yangi yil yurtimiz uchun qut-baraka yili bo‘lishini so‘raymiz. O‘zbekistonimiz dunyoda, Namanganimiz O‘zbekistonda eng oldingi safda bo‘lsin!”