Namanganda ham 11 nafar bemor koronavirusdan butkul sog'aydi

  • 16:30 / 29.04.2020
  • 125

Avval xabar berganimizdek bugun 29-aprel kuni Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 12 nafar bemor to‘liq sog‘aygan edi.

Bugun, Namangan viloyatida yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning barchasi Namangandan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 

Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 61 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 72 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1028 nafarni tashkil etmoqda.