Namanganda kabutarlarga o‘g‘ri tushdi

  • 18:03 / 06.01.2020
  • 101

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida yashovchi fuqaro J.I.ning uyiga 5-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs o‘g‘irlikka tushgan. Bu haqda Andijon viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

O‘g‘ri J.I.ning hovlisida bo‘lgan, umumiy narxi 1 mln. 800 ming so‘mlik 12 dona kabutarlarni o‘g‘irlab ketgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida noma’lum shaxs aniqlanib, ushlandi. 

U Namangan viloyatida yashovchi fuqaro U.I. bo‘lib chiqdi. U.I.dan ashyoviy dalil sifatida 12 dona kabutar olingan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni Bo‘ston tumani IIB olib bormoqda.