Namanganda turkiyalik ishbilarmonlar arzon-uy joylar qurmoqchi

  • 17:08 / 11.01.2020
  • 72

Namangan viloyati hokimligida O‘zbekistonning turli hududlarida zamonaviy uy-joylar qurish loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Turkiyalik ishbilarmonlar Namangan viloyat hokimligi bilan sheriklikda aholi uchun nisbatan arzon narxlarda, parking, bolalar maydonchasi kabi kerakli infratuzilmalarni hamda yashash uchun tayyor kvartiralarni o‘z ichiga olgan 16 qavatli uylarni qurish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Taqdim etilgan ushbu taklif ijobiy qabul qilinib, batafsil o‘rganib chiqishga yo‘naltirilgan.