Namanganga Navoiydan saxovat karvoni yetib keldi

  • 16:35 / 29.04.2020
  • 121

Shu yilning 28-aprel kuni Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi, Navoiy viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan qariyb 200 mln. so‘mlik 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 7 turdagi antiseptik va gigiyenik vositalar Namangan viloyatiga yetib keldi.

Xabarda qayd etilishicha, Angor nazorat postida avtomobillar karvonini kutib olgan Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Abdulaziz Mo‘minov ushbu aksiya tashkilotchilariga ramziy sovg‘a sifatida Norin tumanida ishlab chiqarilgan velosiped topshirdi. Navoiy viloyatidan yetib kelgan mahsulotlar Namangan shahridagi xayriya markazi omborlaridan biriga keltirildi.