Narimon Grigoryanning o‘limi bilan bog‘liq rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi

  • 21:38 / 14.01.2020
  • 866

Bugun, 14-yanvar kuni taniqli dizayner Narimon Grigoryan qotillik qurboni bo‘lganligi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur voqea yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 14-yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada  istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug‘ilgan A.N. (Narimon Grigoryan) ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olindi. Malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

“Natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabar so‘nggida.