Nega jamoat hojatxonalari eshigi polgacha yetmaydi?

  • 23:15 / 21.02.2020
  • 2023

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega jamoat joylaridagi hojatxonalarning eshigi polga yetmaydi? Sizning idorangizdagi hojatxonaning eshigi ham shunday bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun shunday?

1. Favqulodda holat bo‘lganida sizga yordam berish oson bo‘lishi uchun
Bu holat ko‘proq xavfsizlik bilan bog‘liq. Bir tasavvur qilib ko‘ring, bozor yoki ovqatlanish shoxobchalaridagi hojatxonalarga kun davomida nechta odam kiradi? Ayrimlarning bu yerda mazasi qochib, xushidan ketib qolsa-chi? Zich yopilgan eshikni ochish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflanadi. Agar eshik polga tegib turmasa, uni ochish ham, ichkaridagi odamga yordam berish ham osonlashadi.

2. Tozalik nuqtai nazaridan...
Jamoat hojatxona xizmatidan juda ko‘pchilik foydalanadi. Shu sabab bu yerni muntazam, har soatda tozalab turmasa bo‘lmaydi. Agar eshiklar polgacha tegib turmasa hojatxona kabinalarini osongina, “shvabra”ni ichkariga suqqancha artib olish mumkin.

3. Havo oson aylanadi
Yuzlab odamlar kiradigan bunday joylarning havosi muntazam yangilanib turishi kerak. Agar eshik polgacha tegib tursa, unda havo aylanishi qiyinlashadi. Bu holatda yoqimsiz hidni tasavvur qila olasizmi?

4. Evakuatsiya ham inobatga olingan
Qulf ishonchli narsa emas. U istalgan vaqtda sinib qolishi mumkin. Agar bordi-yu hojatxona eshigiga shunday qulf o‘rnatilgan bo‘lsa qanday yo‘l tutish kerak? Yordamni eshikning pastki ochiq qismidan olishingiz mumkin.  

5. “Kelish-ketish”ni tezlashtiradi
Jamoat hojatxonalariga bir odam kirib, tez chiqishi kerak. Aks holda keyingi odam navbat kutib qoladi. Agar eshikning osti polga tegib turmasa, ichkarida odam chiqayotgani va keyingi odam kirganini ko‘rish mumkin. Qolaversa, tashqarida bir to‘da odam kutib o‘tirganini ko‘rgan odam o‘zini noqulay sezadi va tabiiyki, tezroq chiqishga harakat qiladi.