Nega suratdagi aksimiz ko‘pincha o‘zimizga yoqmaydi? 

  • 02:19 / 11.09.2019
  • 935

Ko‘pincha, suratdagi aksimiz o‘zimizga yoqmaydi. Bu doim ham fotografning no‘noqligi, noto‘g‘ri yorug‘lik yoki suratga tusholmaslik bilan bog‘liqmi

Mashhur portretchi fotograf Kim Eyrs shunday yozgandi: suratga tushganlarning 90 foiziga o‘zining aksi yoqmas ekan, ularning ko‘pchiligi suratga yaxshi tusholmasligidan shikoyat qilar ekan. Statistika hayratlanarli! 

Gap nimadaligini bilish uchun Kim tadqiqot o‘tkazdi: u odamlarning oddiy hamda oynadagi aksini suratga oldi, keyin esa yoqqan suratini tanlashni so‘radi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi oynadagi aksini tanlashdi. 

Buni tushuntirish oson: hayotimiz davomida o‘zimizni ko‘proq ko‘zguda ko‘ramiz, kamera esa bizning real ko‘rinishimizni – boshqa odamlar ko‘radigan holatimizni surat qog‘oziga muhrlaydi. Yuzimiz nosimmetrik bo‘lgani (ya‘ni o‘ng va chap yuzimiz ikki xilligi) uchun oynadagi va suratdagi qiyofamiz – ikki xil.

Дэниел Бейкер наглядно показал оптическое искажение на разных объективах

O‘z fotosuratimiz va uning ko‘zgudagi aksiga qaraganimizda, ikkinchisi yoqimliroq (yoki odatiyroq) tuyuladi. Ayni vaqtda boshqa odamlar oddiy suratni tanlashadi. Bu effektni guruh bo‘lib tushilgan suratlarni muhokama qilish vaqtida ham kuzatish mumkin: ishtirokchilarning har biriga o‘zidan tashqari boshqa hamma suratga yaxshi tushganday tuyuladi.

Повернитесь к камере левой стороной лица

“Bolaligimizdanoq har kuni oynaga qaraymiz. Oynaga qarab tishlarimizni yuvamiz, taranamiz, bo‘yanamiz. Vaqt o‘tgan sari oynadagi aksimizga o‘rganib qolamiz, o‘rgangan narsamiz esa “simpatiya” uyg‘otadi. Aynan shuning uchun bizga suratdagi emas, oynadagi aksimiz ko‘proq yoqadi”, – deydi Mediapsixologiyani o‘rganish markazi direktori Pamela Rutledj.

Улыбайтесь слегка

Eyrsning tadqiqoti 1977-yili Madisondagi Viskonson universiteti olimlari tomonidan ham o‘tkazilgan edi. O‘shanda tadqiqot ishtirokchilari o‘zining ko‘zgudagi kabi olingan suratini chiroyliroq deb hisoblashgan, ularning yaqinlari esa real suratini ma’qul ko‘rishgan. Ishtirokchilardan nega aynan shunday tanlov qilishgani so‘ralganida – rakurs, yorug‘lik, boshning qiyaligi va hokazolarni sabab qilib ko‘rsatishgan, garchi ikkala surat ham bir “negativ”dan olingan edi.

Но не переусердствуйте с улыбкой

Teglar