Nega yashirin tuyg‘ular sog‘liq uchun zarar? Umidsizlik umr ko‘rish davomiyligini pasaytiradimi?

  • 05:18 / 22.05.2020
  • 234

Psixologlarning fikriga ko‘ra, yashirilgan va bosim ostiga olingan tuyg‘ular, ayniqsa qo‘rquv, g‘azab, xafagarchilik insonning quvvatini olib qo‘yadi va sog‘liqqa jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyida tuyg‘ular sog‘liqqa qanday ta’sir qilishi va ularga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida so‘z boradi.

Bosim ostidagi tuyg‘ular – sog‘liq uchun zarar
Biz boshdan kechiradigan har qanday tuyg‘ular miyamizning asab tizimi va tananing boshqa qismlari bilan aloqa qilishga imkon beradigan neyrotransmitterlarni ishlab chiqaradi. Yashirin his-tuyg‘ular psixosomatik kasalliklar shaklida tanamizda “qulflanib” qoladi. Masalan, nochorlik, umidsizlik hissi surunkali stressni keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z o‘rnida gormonal nomutanosiblikka olib keladi, immunitet tizmiga zarar yetkazadi va umr ko‘rish davomiyligini pasaytiradi. Yomon nazorat qilingan g‘azab ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi, yurak kasalliklari, jigar va o‘t pufagi kabi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Ijobiy tuyg‘ularning ahamiyati
Psixologiya sohasidagi professorlar hayotni ijobiylik bilan kuzatishni tavsiya qilishadi. Bu o‘zingizni har qanday vaziyatlarda ham yo‘qotib qo‘ymasligingizga imkon beradi. Yaxshi xabar nafaqat hayotga ijobiy munosabat bildirishga, balki yaqinlaringizga ham yaxshi munosabatda bo‘lishingizga imkon beradi va hayotingizdagi har bir sodir bo‘layotgan narsaga minnatdorlik hissini uyg‘otadi. Vaqt o‘tishi bilan ijobiy his-tuyg‘ularni tuyishingiz stressga qarshi turishga imkon beradi. Hissiy barqarorlik xuddi kauchukka o‘xshaydi: odam qanchalik yoqimsiz holatga duch kelmasin, u asl tinch holatiga qaytish imkoniga ega.

Hissiy jihatdan kuchli insonlar og‘riq, qayg‘u, umidsizlikni boshdan kechiradi, ammo bu tuyg‘ular bilan yashashda davom etishmaydi. Ular boshdan kechirayotgan azob-uqubatlarni inkor etmaydi, aksincha, vaziyatni salbiy oqibatlarini yengishga yordam beradigan ijobiylik tuyg‘usini saqlab qolishadi. Hissiy barqaror insonlar qiyin vaziyatlarga optimizm va umid bilan qarashlari mumkin, chunki ularning qiyinchiliklari shaxsiy rivojlanishga olib keladi va hayotdagi imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kechirishning hayotimizdagi roli 
Kechirish – hayotimizdagi bo‘lib o‘tgan voqealarni to‘g‘ri qabul qilish va ular keltiradigan salbiy tuyg‘ularni inkor qilish demakdir. Izlanishlar, kechirish psixologik, emotsional va jismoniy sog‘ligimizni yaxshilanishiga olib kelishini isbotladi. Shuningdek, kechirish yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini me’yorlashtiradi va yurak-qon tomir faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

O‘z his-tuyg‘ularingizni ifoda etishdan qo‘rqmang
Aksariyat insonlar o‘z ustidan nazoratni yo‘qotishdan qo‘rqib, his-tuyg‘ularini ifoda etishdan bosh tortishadi. Psixologlar esa, his-tuyg‘ularni rivojlantirish va ularni sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan tarzda qanday qilib ifoda etishni o‘rganishga yordam beradigan bir nechta mashqlarni taklif etishdi.
1-mashq. Chuqur nafas oling. Har nafasingizda muhabbat, yorug‘lik va shifo energiyasini qabul qilayotganingizni tasavvur qiling.
2-mashq. Ayni damda his qilayotgan tuyg‘ularingizni aniqlang. Hissiyotlaringizni baland ovozda gapiring: Men g‘azablanayapman, xafaman, qo‘rqyapman. Tuyg‘ularingizni o‘zingiz ishongan inson bilan muhokama qilib oling.