Nega zararli ovqatlarni yeyishni xohlaymiz?

  • 17:47 / 01.10.2019
  • 312

Ko‘pincha zararli mahsulotlarni iste’mol qilishimizga irodamizning sustligini sabab qilib ko‘rsatamiz. Iroda kuchi, albatta, zararli ozuqaviy odatlar bilan kurashda muhim rol o‘ynaydi. Ammo, o‘ylab ko‘ring: balki organizmingiz sizga nimanidir xabar qilmoqchidir? Aslida, zararli ovqatlarni xohlash – oqsil, yog‘ va uglevodlarni noto‘g‘ri taqsimlash, yetarli oziqlanmaslik yoki ortiqcha yeyish mikroelementlarning yetishmasligidan bo‘ladi. 

Keling, nima uchun sog‘lom ovqatlanish tarziga o‘ta olmayotganingizni aniqlaymiz

Shirinlik 

Odatda, shirinliklarga boshqarib bo‘lmaydigan xohish – ratsionida haddan ziyod ko‘p oqsillar bo‘lgan odamlarda vujudga keladi. Keto-diyeta (kam uglevodli diyeta) tarafdorlari shuni aytishadiki, go‘yoki oqsil – mavjud narsalarning eng foydalisidek. Darhaqiqat, bu juda muhim element, ammo hamma narsaning me’yori bo‘lishi kerakligini unutmaslik lozim. 

Ratsiondagi ortiqcha oqsil yoki qizil go‘sht ovqat hazm qilish tizimi, jigar, buyraklar va oshqozon osti beziga zo‘riqish beradi. Shuningdek, oshqozon-ichak tizimida og‘ir ovqatni hazm qilish va o‘zlashtirish uchun ko‘proq kislotalar, fermentlar ajralib chiqadi. Natijada “kislotalanish” ro‘y beradi va organizm balans qidirib, “qarama-qarshi ta’m” – aynan shirinlikni talab qiladi. Albatta, oqsildan voz kechish kerak emas, shunchaki, me’yoringizni aniqlab oling va shu asosda iste’mol qiling. 

Yog‘lar

Hech kimga sir emaski, yog‘lar – ayollarning reproduktiv tizimi uchun juda muhim. Yog‘li ovqatlarni istash – gormonal tizim boshqaruvidagi o‘zgarishlar, reproduktiv buzilishlar belgisidir. Shuningdek, bunday istak ovulyatsiya yoki sikl oxirida ham paydo bo‘ladi. Biroq hamma yog‘lar ham foydali emasligini unutmang: qovurilgan kartoshka hali hech kimni sog‘lom qilmagan. Organizmingizga quloq soling, ammo ayyorona yo‘l tuting: ratsioningizni avokado, yong‘oqlar, qizil baliq bilan to‘ldiring. Bu orqali organizmdagi ozuqa moddalari yetishmovchiligining oldini olasiz, sog‘liq va go‘zalligingizni saqlab qolasiz. 

Tuzli mahsulotlar

Tuzli narsalarni boshqarib bo‘lmaydigan darajada istash – suv-tuz balansining buzilgani belgisidir. O‘ylab ko‘ring: balki juda ko‘p yoki juda kam suv ichayotgandirsiz? Me’yoringizni hisoblang va uni buzmaslikka harakat qiling. Shuningdek, ratsioningizga, ayniqsa, yoz oylarida tuz qo‘shing. Kuniga chorak choyqoshiq tuz zarur, ammo uning sifati muhim: pushti, dengiz yoki himolay tuzini tanlang. Oshxona tuzi bundan mustasno. 

Fast-food

Agar sizda ko‘p miqdorda zararli oziq-ovqatlarni iste’mol qilishga xohish kuchli bo‘lsa, o‘ylab ko‘ring, balki sizga qandaydir mikroelement yetishmayotgandir? Ratsioningizni qayta ko‘rib chiqing va unga yetarli miqdorda sabzavot, meva, donlar va yog‘siz go‘shtni qo‘shishga harakat qiling. 
Shuningdek, kun davomida eng asosiy tanovulingiz tushlik bo‘lishi lozim. Bu hazm qilish faoliyatining eng yuqori darajasi vaqtidir. Aynan shu paytda barcha ozuqaviy moddalar o‘zlashtiriladi.