Nima uchun LEGO dunyodagi eng yaxshi o‘yinchoq?

  • 00:14 / 09.10.2019
  • 302

Bugun biron-bir o‘yinchoq do‘koniga borsangiz xuddi “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmidagi Endyning xonasiga kirib qolganga o‘xshaysiz. Do‘konlar elektronika va sensorli o‘yinchoqlar bilan to‘lib toshgan. Ular siz qilgan harakatlarni takrorlaydi, imo-ishoralar va tovushlarni taniydi. Ular bularning barchasiga kichik chiroqchalarini o‘chirib yoqish, musiqiy signallar va turli xil harakatlar orqali javob qaytaradi. Ammo bolalar bu kabi o‘yinchoqlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganda nimani o‘rganadi? Ular tasavvur va tafakkurni rivojlantiradimi?

LEGO konstruktori bolalarning xayolot olamidagi narsalarni yaratish imkoniyatini yaratdi. Tasavvurning kengayishi, albatta, tafakkurni ham rivojlantiradi

Lego bolaning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Buni qo‘llarning kichik texnik harakati misolida ko‘rib chiqamiz. Legodan har qanday shakllar yasash qo‘llarning turli tarzda harakatlanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa manipulyatsiyaga olib keladi. Kichik harakatlarning tobora murakkablashib borishi bolaning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Fikrlash. Butun boshli bir shaklni kichik bo‘lakchalardan yasash diqqat-e’tibor, qunt talab qiladi. Oxirida qanday shakl paydo bo‘lishini mantiqiy o‘ylash kerak bo‘ladi. Bu esa, o‘z-o‘zidan bolada oldindan ko‘ra olish qobiliyatining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 

Xayol. Lego konstruktorining bo‘lakchalaridan bola xayolidagi betakror ijod namunalarini yaratishi mumkin. 

Diqqat! Lego qutisidagi rasmlar orqali shaklning qanday yasalishini o‘rganib, biror nima yasash bolaning diqqatini rivojlantiradi. 
 
Legodan darslarda ham foydalanish mumkin. 

• Matematika darslari

Lego bo‘laklari, ayniqsa, Lego g‘ishtlari matematik mashqlarni bajarish uchun juda qulay. Chunki, ularning har birida bir xil o‘lchamdagi halqalar bor. Go‘yo Lego butun son nima ekanligini va uning turli qismlardan iborat bo‘lishi aniqroq tushuntirish uchun maxsus yaratilgandek. Ular bolaga qaysi son katta, qay biri kichikligini o‘rgatish uchun juda qulay.

Konstruktorni ketma-ket ajratish va halqachalarni hisoblash qobiliyati kasrlar nima ekanligini, ular qanday qo‘shilishi va ayirilishini tezda anglashga yordam beradi.

 Legodan minoralar qurayotganda arifmetik o‘rtacha qiymatni qanday topishni tezda bilib olishingiz mumkin. Buning uchun minorachadagi barcha g‘ishtlarni qo‘shib keyin ularni umumiy songa bo‘lish kerak.

Lego yordamida karra jadvali va kvadrat raqamlarini osongina o‘zlashtirib olish mumkin.

• Kimyo darslari

 Химические соединения соли, мела, воды и углекислого газа на примере деталей Лего

Lego konstruktorlari Demokritning atomlarda ko‘rgan xususiyatlari bilan deyarli bir xil. Avvalo, kimyoviy moddalarning eng muhim jihati – ularning ajralmasligidir. Ular hajm va shakl jihatidan farqlansa-da, zich va bardoshliligi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi.

Teglar