Nima uchun filmlarni subtitr bilan tomosha qilgan ma’qul?

  • 16:34 / 08.09.2019
  • 1013

Odatda biz noma'lum tildagi filmni tarjimasiz tomosha qilganimizda, taglavhalar (subtitr)ni yoqamiz. Ba’zilar til o‘rganayotganda, ba'zilar esa eshitish muammosi tufayli ekrandagi yozuvlarni ma’qul ko‘rishadi, deb yozadi Business Insider.

Ammo Deyv Smit, agar ular uchun alohida ehtiyoj bo‘lmasa ham, taglavhalardan foydalanishni maslahat beradi. Nima uchun? Keling, bilib olamiz. Quyida uning fikrlari:

"So‘nggi paytlarda taglavhalar bilan ko‘proq film va teleko‘rsatuvlarni tomosha qildim. Va bu menga yoqib qoldi. Axiyri, bunga muhtoj ham bo‘lib qoldim. Ko‘pincha men filmlar va teleko‘rsatuvlardagi keskin burilish bo‘lmagan sahnalarni o‘tkazib ko‘rardim. Taglavhalar bilan ko‘rish esa, bunday odatimdan voz kechishimnga sabab bo‘ldi. Taglavhalar bilan filmdan ko‘proq ma'lumotlar olish mumkin ekan.

Men filmni taglavhalar bilan ko‘rish jarayonida filmdagi belgilar nomlarini va ularning to‘g‘ri yozilishini o‘rganib chiqdim. Taglavhalarni o‘qish men uchun yangi ma'nolarni ochdi. Tibbiyotga oid dramatik filmlarni tomosha qilganimda kasalliklar, dorilar va tibbiy protseduralar nomini o‘rgandim. Men uchun voqealar ketma-ketligini kuzatib borish oson va qiziqarli bo‘la boshaldi. 

Taglavhalarni har doim o‘qish ba'zida komediya filmlaridagi hazillarning ta'sirini buzadi, lekin ba'zida ularga ikkinchi ruh beradi. Va oxirgisi – taglavhalar biz kundan kunga erinchoqlik qilayotgan o‘qish mashqini bajarishimizga ham sabab bo‘ladi".

Siz filmlar uchun taglavhalarni o‘qiysizmi? Ular sizni chalg‘itadimi yoki ekranda nimalar bo‘layotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradimi?

Teglar