Norvegiyada rekord o‘rnatgan Teslaga raqobatchilar paydo bo‘ldi

  • 16:47 / 03.01.2020
  • 378

Tesla Inc (TSLA.O) avtoulovlariga talab ortib borayotgan Norvegiyada yangi elektr avtomobillarning savdosi o‘tgan yili 30,9 foizga o‘sdi, ammo AQSh kompaniyasi 2020-yilda avtoulov ishlab chiqaruvchilarning raqobatiga duch kelmoqda.
O‘tgan yili to‘liq elektr avtomobillarning sotilishi mamlakat savdosining 42,4 foizini tashkil etdi. Bu dunyo rekordi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 2018-yildagi 31,2 foiz va 2013-yilda 5,5 foiz bozor ulushiga to‘g‘ri kelgan. 
2025-yilga kelib, yoqilg‘ida ishlaydigan mashinalarni sotmaydigan birinchi davlat bo‘lishga intilayotgan Norvegiya batareyali quvvat bilan ishlaydigan transport vositalarini benzin va dizel dvigatellariga solinadigan soliqlardan ozod qildi.