Noutbukning 4 ta xususiyati: ular uchun ortiqcha pul sarflash shart emas

  • 00:23 / 21.12.2019
  • 1083

Mutaxassislar noutbukning o‘rtacha ishlash muddati 3-4 yil, ish stoli kompyuteri esa, taxminan, 5 yil yaxshi ishlaydi deb hisoblaydi. Computer Hope veb-sayti ko‘plab izlanishlarga asoslanib, noutbuklar 4 yil ishlagach, ishonchliligini yo‘qotadi degan xulosaga keldi. Muammolar, asosan, ichki qismlarning sinishi yoki yangi dasturlarni yuklab olish natijasida yuzaga keladi.

макбук

Noutbuk tanlayotganda, kuchli protsessorlar va boshqa qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan eng qimmat modellarni sotib olish bilan birga, sizning talablaringizga javob berishiga ahamyatli bo‘lishingiz kerak. Xaridorlar ko‘pincha operativ xotira, displey va qattiq disk kabi funksiyalar uchun ortiqcha to‘lov qiladilar.

4K displey

Agar Photoshopda yoki Illyustratorda kunning ko‘p qismini o‘tkazadigan ijodiy mutaxassis bo‘lsangiz, u holda monitorga iloji boricha ko‘proq pikselni kiritish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Albatta, bunday monitorlarning kompyuter o‘yinlari uchun mutlaqo foydasiz ekanligi haqida bahslashish mumkin emas, ammo ba’zi noutbuklar 4K o‘yinlarini samarali boshqarishga qodir. 1080 p yoki 1440 p displeyli yuqori darajadagi noutbuklarni sotib olishni maslahat beramiz.

Aksariyat noutbuk egalari 1080 p kichik ekran uchun yetarli deb aytishadi. Bu 4K displeylar tomonidan taqdim etiladigan rezolyutsiyaning chorak qismi, ammo 13-15 dyumli ekran oldida qo‘shimcha piksellar shunchaki ahamiyatsiz. Bundan tashqari, yuqori aniqlik qurilmaning batareya quvvatini sezilarli darajada kamaytiradi.

мужчина за компьютером

Operativ xotira

Operativ xotira – bu odamlarning ortiqcha pul sarflashiga sabab bo‘ladigan yana bir qurilma hisoblanadi. Agar kompyuteringizda ma’lum bir daromad keltiradigan murakkab vazifalarni bajarmasangiz, o‘rtacha foydalanish uchun 8 gegabaytgacha operativ xotira kifoya qiladi. Lekin vizual effektlar rassomi yoki o‘yin va dasturlar ishlab chiquvchisi bo‘lsangiz, unda 16 yoki 32 Gb operativ xotirali kompyuterlarni sotib olganingiz ma’qul.

Markaziy protsessor

Markaziy protsessor – marketologlar spekulyatsiya qilishni yoqtirishadi. Bu, ayniqsa, protsessor yadrolari uchun mos keladi. Aslida, soat tezligi o‘rtacha foydalanuvchilar uchun yadro soniga qaraganda ancha muhimdir. Biroq kamida 2 yadroga ega bo‘lgan protsessorlarni sotib olish kerak. Ko‘proq yadrolarni tanlash yoki yuqori soat tezligiga ega protsessorni izlash noutbukni qanday ishlatishingizga bog‘liq.

рабочий стол

Qattiq disklar

Hozirgi davrda HDD disklarga ega kompyuterlar o‘rnini SSD disklarga ega kompyuterlar egallab bormoqda. Xo‘sh, SSD yoki HDD disklar o‘zi nima? 
HDD – qattiq disk yoki magnitli qattiq disk bo‘lib, ma’lumotlarni saqlovchi kompyuterning asosiy qismi hisoblanadi. Kompyuteringizdagi video, rasm, musiqa va boshqa fayllaringiz aynan shu qismda saqlanadi.
SSD –  bu ham qattiq disk hisoblanib, uning HDD diskdan farqli jihati shundaki, SSD mikrosxemali xotiraga ma’lumotlarni qayd etishi natijasida kompyuterdan energiya talab qilmaydi. SSD’da mikrosxemali xotiradan tashqari boshqaruvchi kontrollerlar ham mavjud.