Nukusda yana bir o‘quv dargohi tashkil etildi 

  • 11:51 / 09.11.2019
  • 33

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra Nukusda Veterinariya texnikumi ham tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston chorvachiligini rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha komissiya tashkil etilib, chorvachilikni rivojlantirishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi. 

Veterinariya texnikumi tashkil etildi

Shuningdek, Samarqand veterinariya meditsina institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi ham tashkil etildi.

Ta’kidlanishicha, qarorga muvofiq Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Ma’lumot uchun, filial bakalavriatiga 2020/21-2022/23 o‘quv yillarida qabul parametrlarini shakllantirishda Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan ushbu tumanlar bo‘yicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul qilinadi.