Nursulton Nazarboyevning nabirasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

  • 18:18 / 14.02.2020
  • 268

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi, 29 yoshli Oysulton Nazarboyev Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda “KazTAG” portali xabar bermoqda. 
Avvalroq Oysulton Nazarboyev Rossiya va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi korrupsiyadan xabardor ekanligini e’lon qilgandi. Gap xalqdan o‘g‘irlangan milliardlab dollar ustida bormoqda.  

“Nurbank” aksiyadori va Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev o‘lganidan so‘ng uning onasi – prezidentning katta qizi va parlament spikeri Darig‘a Nazarboyeva va uning sobiq qaynotasi, biznesmen Qayrat Bo‘ronboyevga nisbatan “parda ortida urushi” boshlangan.

“Hozirgi kunda oilam tomonidan menga tazyiq o‘tkazish boshlandi va bunga chora ko‘rishga majburman. Men Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana berishlarini iltimos qilaman”, deb yozgan u o‘z Facebook sahifasida. Nazarboyev qolgan dalillarni “Times” gazetasiga berajak intervyusida keltirib o‘tmoqchiligini ta’kidlagan.  

Teglar