Oʻzbek rejissyori xalqaro kinofestivalda hakamlar hayʼatiga raislik qildi

  • 16:23 / 09.10.2019
  • 32

Turk dunyosi kinoijodkorlari uyushmasi tashabbusi bilan oʻtkaziladigan Turk dunyosi hujjatli filmlarining xalqaro kinofestivali bu yili toʻrtinchi marta Istanbul shahrida oʻtkazildi

Ushbu nufuzli kinofestivalda turkiy tilli davlatlardan “9 mamlakat 9 shahar” shiori ostida kinoijodkorlar guruhi oʻzlarining hujjatli filmlari bilan qatnashishdi. Mazkur nufuzli kinofestivalda taniqli oʻzbek rejissyori Shuhrat Mahmudov hakamlar hayʼatiga raislik qildi.

Xalqaro tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan hujjatli film prodyusserlari va rejissyorlari ishtirok etishdi. 

Tanlovda professional kategoriyada oliy mukofotni turkiyalik rejissyor Neyla Demirchining “Yuzma-yuz” hujjatli filmi, ikkinchi mukofotni misrlik Maryam Al Marakeshiyning “Tranzit”, uchinchi oʻrinni turkiyalik rejissyorning “Vatanga ketarkan...” hujjatli filmlari qoʻlga kiritdi.