O‘qish va ishlash uchun fuqarolarga O‘zbekistondan chiqishga ruxsat berildi

  • 17:29 / 14.06.2020
  • 1733

Respublika maxsus komissiyasining 15-iyunidan o‘qish va ishlash uchun fuqarolarga O‘zbekistondan chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarori eʼlon qilindi.
 
 Shuningdek, joriy yilning 15-iyunidan quyidagi toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlarga:
 
O‘zbekiston Respublikasidan kirish va chiqishga ruxsat berildi:
 
– xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari;
 
– investitsiya loyihalari doirasidagi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlar mutaxassislari;
 
– davolanish uchun kelayotgan (chiqayotgan) shaxslar;
 
– xorijda yaqin qarindoshlari yoxud og‘ir kasal bo‘lgan qarindosh-urug‘lari mavjud bo‘lgan shaxslar;
 
– xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari so‘rovlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi orqali boshqa davlatlarga olib o‘tilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) shaxslar;
 
– O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
 
o‘qish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga ruxsat berildi. Bunda, aviaqatnovlar sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etiladi